XOLMATOVA, SABOXAT (2026) AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MEDIA MATNLAR BILAN ISHLASHNING NEYROPEDAGOGIK IMKONIYATLARI. Kasb-Hunar Ta'limi, 9 (2). pp. 2013-219. ISSN 2010-7498
fulltext.pdf
Download (420kB) | Preview
Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot savodxonligini shakllantirishda media matnlar bilan ishlashning neyropedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Raqamli axborot muhitida o‘quvchilar turli shakldagi matnlar, videolavhalar, infografikalar, reklama materiallari, ijtimoiy tarmoq postlari va elektron axborot manbalari bilan muntazam to‘qnashadi. Shu sababli ularda media matnlarni anglash, tahlil qilish, manba ishonchliligini baholash, fakt va fikrni farqlash hamda axborotdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada neyropedagogik yondashuv asosida media matnlar bilan ishlashda diqqat, xotira, idrok, vizual tafakkur, emotsional munosabat va refleksiya kabi kognitiv jarayonlarni faollashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 02 Jun 2026 06:00 |
| Last Modified: | 02 Jun 2026 06:00 |
| URI: | https://arxiv.publishscience.uz/id/eprint/1402 |
