%A SHAHNOZA RIZAEVA %X Mazkur maqolada bo‘lajak muhandislarda texnologik-ekspluatatsion kompetentlilikni shakllantirish va baholashning mezonga oid ta’limiy asoslari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Texnologik va ekspluatatsion faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi asosida mazkur kompetentlilik integrativ kasbiy sifat sifatida talqin etilib, uning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-texnologik, diagnostik-ekspluatatsion hamda refleksiv-baholash komponentlari aniqlashtirilgan. Shuningdek, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, amaliy-laboratoriya faoliyati, raqamli modellashtirish, ishlab chiqarish amaliyoti va refleksiv baholashning texnologik-ekspluatatsion kompetentlilikni rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari asoslangan. Taklif etilgan mezonli-diagnostik tizim texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligi natijalarini kompleks baholashga xizmat qiladi. %J Kasb-Hunar Ta'limi %D 2026 %T BO‘LAJAK MUHANDISLARDA TEXNOLOGIK- EKSPLUATATSION KOMPETENTLILIKNING MEZONGA OID TA’LIMIY ASOSLARI %R KHT:168 %P 247-251 %N 3 %V 9 %L arxiv2378