<mods:mods xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" version="3.3" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>SHOIRA LIRIKASIDA KO‘NGUL OBRAZI VA TASVIR MAHORATI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given"></mods:namePart><mods:namePart type="family">Eshonqulova Surayyo</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Ushbu maqolada shoira Mohlaroyim Nodira lirikasida ko‘ngul obrazi va tasvir mahorati tahlil ostiga olingan. Shoira lirik qahramonining ko‘nguli jonga, jonning ko‘ngulga bog‘liqligi, binobarin, jon insonning tirikligini ta’minlasa, ko‘ngul jonning holatini belgilashi badiiy bo‘yoqlarda ifoda qilinishi tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasi sifatida Nodira tasvir mahoratini va ijodiy muvaffaqiyatini to‘liq anglash uchun uning qalb kechinmalari, dard va tuyg‘ulari, harakat va manzaralarini tasvirlashda Nodira o‘z ustozi Navoiy kabi nihoyatda yuqori natijalarga erishgan. Ko‘ngul shoira g‘azallarining yetakchi mazmunini ta’minlagan asosiy obraz sifatida ijodkorning “men”i bilan barobar, oshiq, orif, do‘st timsolida kelganligiga alohida ahamiyat berilgan. Quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, shoira yaratiqlarida lirik qahramon bilan birga, ijodkor ko‘ngli ham o‘z badiiy ifodasini topgan. Shoira bir necha g‘azallarida ko‘ngulga murojaat qiladi, u bilan sirlashadi, dardlashadi va, o‘zi aytganidek, undan ruhiy madad oladi. Ikkinchidan, Nodira she’riyatida ko‘ngul obrazi vazifasi va darajasi yuqori bo‘lib, xususan, shoiraning “men”i bilan barobar, oshiq, orif, do‘st timsolida kelib, ko‘ngul shoira g‘azallarining yetakchi mazmunini ta’minlagan asosiy obrazga ko‘tarilgan. Uchinchidan, ko‘ngulning Nodira she’riyatiga kirib kelishining o‘ziyoq, lirik qahramonning qalb va dil iztiroblarini, ko‘ngul ehtiyojlarining badiiy bo‘yoqdorligini ta’minlovchi omil ekanligidan dalolat.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-01-01</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>